Qurilmangiz endi SMS & Qo'ng'iroq API
Android telefon yoki Windows kompyuter (USB dongle) — o'rnating va istalgan tizimdan SMS yuboring yoki jonli qo'ng'iroq qiling. Bulutli xizmat, oylik to'lov yoki murakkab integratsiya kerak emas.
Android telefon
Telefoningizni SMS va qo'ng'iroq shlyuziga aylantiradi — bulutsiz, o'z SIM-kartangiz bilan.
"Noma'lum manbalardan o'rnatish" ruxsatini yoqing — bu xavfsiz.
Windows kompyuter
Huawei USB dongle (E173 va h.k.) ulangan kompyuter uchun — SMS + qo'ng'iroq. O'rnatib, ish stoli yorlig'idan ishga tushiriladi.
Windows "noma'lum nashriyot" desa — Batafsil → Baribir ishga tushirish.
Qanday ishlaydi
- Qurilmangizga mos ilovani yuklab oling va o'rnating
- Ilovani oching, ruxsat/portlarni sozlang (faqat 1 marta)
- Ekranda shaxsiy doimiy havolangiz paydo bo'ladi
- Havolani nusxalang va tizimingizga qo'shing
- POST so'rov yuborib SMS yoki qo'ng'iroq qiling — tamom!
SMS yuborish
Ilovadan olgan shaxsiy havolangizga POST so'rov yuboring:
curl -X POST https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/send \ -H "Content-Type: application/json" \ -d '{"to":"+998901234567","text":"Salom!"}'
Qo'ng'iroq qilish
Avval audio yuklang (mp3/wav), so'ng qo'ng'iroq qiling. Reklama audiosi FAQAT abonent ko'targanda (gudok tugab, ulanganda) boshidan chalinadi:
# 1) reklama audiosini yuklash curl -X POST https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/audio --data-binary @reklama.mp3 # 2) qo'ng'iroq (bitta yoki {"numbers":[...]} ommaviy) # max_duration — audio maks (ms), ring_timeout — jiringlash kutish (ms) curl -X POST https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/call \ -H "Content-Type: application/json" \ -d '{"to":"+998901234567","max_duration":60000,"ring_timeout":35000}' # 3) joriy qo'ng'iroqni uzish + navbatni to'xtatish (STOP) curl -X POST https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/hangup
Kiruvchi SMS, qo'ng'iroq, tarix va webhook
API faqat yuborish emas — qabul qilingan SMS/qo'ng'iroqlarni o'qish, tarix va bot integratsiyasi (webhook) ham bor:
# Kiruvchi (qabul qilingan) SMS'lar curl https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/inbox # Barcha SMS (kiruvchi+chiquvchi) va to'liq tarix curl https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/messages curl https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/history # Kiruvchi qo'ng'iroqlar + hozir jiringlayotgani curl https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/calls/incoming # Kiruvchi qo'ng'iroqni qabul qilish (+ ixtiyoriy audio) curl -X POST https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/answer -d '{"play_audio":true}' # Webhook: kiruvchi SMS/qo'ng'iroqlar shu URL'ga POST qilinadi (bot uchun) curl -X POST https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/webhook -d '{"url":"https://bot.example/hook"}' # Havolani (token) yangilash — eski havola o'chadi curl -X POST https://sms.chatgrap.uz/d/<TOKEN>/rotate
Holat va javob namunasi
Qurilma online ekanini bilish: /d/<TOKEN>/status
{
"ok": true,
"id": "FoDNsbjHFinJ",
"status": "sent",
"sent_at": 1777701601256
}